O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi urologiya kafedrasi xodimlari, talabalari hamda Respublika urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xodimlari ishtirokida tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirga mamlakatimiz mustaqilligi va davlat ramzlarining ahamiyatini chuqur anglash, yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va milliy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida tayyorgarlik ko‘rildi.

Tadbirning ochilish qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi jarang sochdi. Ushbu ramziy lahza tadbirga yig‘ilgan barchaga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, milliy g‘urur va yuksak faxr tuyg‘usini uyg‘otdi.

So‘ngra, akademiya vakillari va ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xodimlari so‘zga chiqib, Davlat madhiyasining yaratilishi, uning tarixi va mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar. Ular madhiyaning nafaqat mustaqil davlat ramzi, balki xalqning birligini, matonatini va buyuk kelajakka bo‘lgan intilishini ifodalovchi muhim vosita ekanini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir davomida talabalarning vatanga sadoqat, Davlat madhiyasiga bo‘lgan hurmat va milliy qadriyatlarga rioya qilish borasidagi fikrlari tinglandi. Shuningdek, musiqiy chiqishlar va milliy she’riy kompozitsiyalar orqali madhiyaning tarbiyaviy ahamiyati keng yoritildi. Talabalar tomonidan Davlat madhiyasida aks etgan ruhni ifodalovchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir yakunida bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati yana bir bor e’tirof etilib, ular yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va davlat ramzlariga hurmat hissini kuchaytirishda muhim vosita ekanligi qayd etildi. Ishtirokchilar Davlat madhiyasi bag‘ishlangan tadbirlar doirasida kelgusida ham ko‘plab loyihalar amalga oshirilishini istak bilan tilga oldilar.

Shu tariqa, mazkur tadbir mamlakatimizning mustaqilligini, uning bebaho qadriyatlarini yanada chuqur anglashga, milliy birdamlik va faxr tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladigan mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.