O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlab Toshkent tibbiyot akademiyasi urologiya kafedrasi xodimlari va talabalari, shuningdek, Respublika urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xodimlari ishtirokida maxsus tadbir tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tarixiy ahamiyatini, uning inson huquq va erkinliklarini kafolatlash, davlatni boshqarishning demokratik tamoyillarini mustahkamlashdagi o‘rnini yoritishga bag‘ishlandi.
Dastlab tadbir ishtirokchilari Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari va qadriyatlari haqida ma’lumot olishdi. So‘zga chiqqan mutaxassislar Konstitutsiyaning har bir fuqaro hayotidagi ahamiyati, uning mustaqil davlatimiz taraqqiyoti va milliy birdamlikni ta’minlashdagi roli haqida batafsil tushunchalar berishdi.
Talabalar o‘z chiqishlarida Konstitutsiya nafaqat huquqiy hujjat, balki davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim asosini tashkil etuvchi yuksak qadriyat ekanini ta’kidladilar. Tadbir davomida huquqiy bilimlarni targ‘ib qilishga qaratilgan musiqiy chiqishlar, savol-javoblar va mavzuga oid qisqa sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlar, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda erishilgan yutuqlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Bunday tadbirlar yosh avlodni huquqiy madaniyatli va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi alohida qayd etildi. Tadbir ishtirokchilari Konstitutsiyaning jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatini yana bir bor his qilib, o‘z bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.