Urologiya kafedrasi jamoasi uchun quvonchli xabar! Kafedramiz xodimi Jamshid Rixsibayev uzoq yillik ilmiy izlanishlari natijasida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuhrat Boymurodov Jamshid Rixsibayevga PhD diplomini tantanali ravishda topshirdi. Ushbu yutuq nafaqat olimning shaxsiy muvaffaqiyati, balki kafedramizning ilmiy salohiyati yanada yuksalayotganidan dalolatdir.
Kafedramiz jamoasi Jamshid Rixsibayevni ushbu yuksak marra bilan muborakbod etib, kelgusi ilmiy va amaliy faoliyatida zafarlar tilaydi!