Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida fevral oyida o‘tkazilgan “Morfologiya va jarrohlik” mavzusidagi xalqaro talabalar olimpiadasi urologiya kafedrasi jamoasi uchun g‘alabalarga boy bo‘ldi. Mazkur nufuzli bellashuvda universitetimiz sharafini himoya qilgan talabalarimiz nazariy bilimlar va jarrohlik amaliyoti yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini yuksak darajada namoyish etishdi. Kuchli raqobat ostida kechgan bahslar natijasiga ko‘ra, jamoamiz faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Kafedramiz nomidan ushbu muvaffaqiyat bilan barcha jamoa a’zolarini tabriklaymiz! Tibbiyot sohasidagi bilimlarni egallashda va jarrohlik mahoratini oshirishda charchamasliklarini tilaymiz. Yosh urologlarimizga kelgusi ilmiy va amaliy faoliyatlarida hamisha omad va yangi zafarlar yor bo‘lsin!