Joriy yilning 20-21 aprel kunlari Qirg’izistonda o’tkazilgan nufuzli «Medical skills» xalqaro talabalar olimpiadasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Urologiya kafedrasining 4-6 kurs talabalaridan tashkil topgan jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. ​Bilimlar va amaliy ko’nikmalar bellashuvida jamoamiz a’zolari o’zlarining yuqori tayyorgarlik darajasi hamda sohadagi mahoratlarini namoyish etib, faxrli jamoaviy 2-o’rinni qo’lga kiritishdi! 🥈 ​Ushbu g’alaba kafedramizda tahsil olayotgan talabalarning nafaqat nazariy bilimlari, balki amaliy tibbiy ko’nikmalari ham xalqaro standartlarga to’la javob berishini yana bir bor isbotladi. ​Kafedra jamoasi nomidan talabalarimizni ushbu yutuq bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Jamoaning kelgusi ilmiy va amaliy faoliyatida, kelajakdagi nufuzli olimpiadalarda ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilab qolamiz.

​G’alaba muborak, yosh urologlar!

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.