Joriy yilning 20-21 aprel kunlari Qirg’izistonda o’tkazilgan nufuzli «Medical skills» xalqaro talabalar olimpiadasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Urologiya kafedrasining 4-6 kurs talabalaridan tashkil topgan jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bilimlar va amaliy ko’nikmalar bellashuvida jamoamiz a’zolari o’zlarining yuqori tayyorgarlik darajasi hamda sohadagi mahoratlarini namoyish etib, faxrli jamoaviy 2-o’rinni qo’lga kiritishdi! 🥈 Ushbu g’alaba kafedramizda tahsil olayotgan talabalarning nafaqat nazariy bilimlari, balki amaliy tibbiy ko’nikmalari ham xalqaro standartlarga to’la javob berishini yana bir bor isbotladi. Kafedra jamoasi nomidan talabalarimizni ushbu yutuq bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Jamoaning kelgusi ilmiy va amaliy faoliyatida, kelajakdagi nufuzli olimpiadalarda ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilab qolamiz.
G’alaba muborak, yosh urologlar!