2025-yil 3–4-oktabr kunlari Toshkent shahrida Yevropa Urologiya Maktabi (European School of Urology – ESU) va O‘zbekiston Urologlari Assotsiatsiyasining IV Plenumi o‘tkazildi. Ushbu nufuzli ilmiy-amaliy tadbir urologiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun muhim tajriba almashish maydoniga aylandi.

🔹 Tadbir tashkilotchilari qatorida Toshkent davlat tibbiyot universiteti (TDTU) Urologiya kafedrasi, Yevropa Urologiya Assotsiatsiyasi (EAU) hamda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimi vakillari faol ishtirok etdilar.

Mazkur konferensiyada xorijiy va mahalliy olimlar, professorlar, amaliy urologlar qatnashdilar. Xususan, Germaniya, Italiya, Fransiya, Hindiston, Turkiya, Rossiya va boshqa davlatlardan taniqli urolog-mutaxassislar Toshkentga tashrif buyurib, o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan chiqish qildilar.

🔹 Tadbir davomida:

  • Urologiyada so‘nggi yillarda erishilgan innovatsion yutuqlar,

  • Endoskopik va laparoskopik jarrohlikning yangi usullari,

  • Buyrak tosh kasalliklari, prostata patologiyalari, onkourologiya, reproduktiv salomatlik kabi mavzular muhokama qilindi.

Shuningdek, mahorat darslari va amaliy sessiyalar tashkil etilib, yosh urologlar uchun amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyati yaratildi.

🔹 TDTU Urologiya kafedrasi mazkur xalqaro miqyosdagi anjumanning tashkilotchilari va ilmiy hamkorlaridan biri sifatida faol ishtirok etdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari orqali O‘zbekiston urologiyasining so‘nggi ilmiy yutuqlarini namoyish etdilar hamda xorijiy hamkasblar bilan ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlashdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda yosh urologlar uchun xalqaro o‘quv dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.