2025-yil 4-oktabr kuni Toshkent shahrida IV O‘zbekiston urologlari Plenumi bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli ilmiy-amaliy anjuman mamlakatimizda urologiya sohasidagi eng muhim voqealardan biri bo‘lib, unda O‘zbekiston, Rossiya, Germaniya, Gruziya, Ukraina va boshqa mamlakatlardan yetakchi mutaxassislar ishtirok etadi.
Plenumning asosiy tashkilotchisi – Toshkent davlat tibbiyot universiteti Urologiya kafedrasi bo‘lib, tadbir Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
zamonaviy urologiyada infeksiya va antibiotiklar samaradorligi;
urologik kasalliklarda innovatsion yondashuvlar;
urologik onkologiya, robot va laparoskopik jarrohlik;
prostata bezi kasalliklarining yangi davolash usullari;
siydik-tosh kasalligi va endourologik amaliyotlar;
erkak bepushtligi va erektil disfunktsiyani davolash.
📌 Plenumning maqsadi – urologiya sohasidagi so‘nggi ilmiy yutuqlarni targ‘ib qilish, xalqaro tajriba almashish va amaliyotga ilg‘or usullarni joriy etishdan iborat.
Dasturni yuklab olish