Toshkent tibbiyot akademiyasida taniqli olim, mohir pedagog va o‘z kasbining fidoi namoyandasi — Akilov Farhod Ataullayevichning 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Farhod Ataullayevich nafaqat uzoq yillardan beri tibbiy ta’lim sohasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan professor, balki O‘zbekistonda urologiya fanining rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shgan yetuk mutaxassisdir. U kishining ilmiy izlanishlari, o‘quv-metodik ishlanmalari va shogirdlari bilan qilgan mashaqqatli mehnati tibbiy jamoatchilik tomonidan yuksak e’tirof etilgan.
Yubiley munosabati bilan professor Akilov Farhod Ataullayevichning hayoti, ilmiy faoliyati va shaxsiy fazilatlariga bag‘ishlangan yangi kitob chop etildi. Ushbu nashrda ustozning o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligi, shogirdlarga bergan beqiyos saboqlari va sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rni keng yoritilgan.
Ushbu kitobni quyidagi link orqali yuklab olishingiz mumkin:
Yuklab olish
Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi professor Akilov Farhod Ataullayevichni muborak 70 yosh bilan samimiy muborakbod etadi va ularga sihat-salomatlik, bardavom umr va ilmiy-ijodiy yutuqlar tilaydi!