Toshkent Tibbiyot Akademiyasi (TTA) xodimi Shukhrat Giyasov O‘zbekiston-Xitoy innovatsion grant loyihasi rahbari sifatida Xitoyning Dongguan shahrida joylashgan magniy qotishmalardan implantlar tayyorlovchi ilmiy-tadqiqot institut laboratoriyasi va mahsulot ishlab chiqaruvchi zavodida xizmat safarida bo‘ldi. Ushbu safar davomida Shuhrat G‘iyasov Dongguan shahridagi ilmiy-tadqiqot institutining xodimlariga Toshkent Tibbiyot Akademiyasi va Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy urologiya markazi (RIUIAUM) faoliyati haqida batafsil ma’lumot beruvchi taqdimot o‘tkazdi. Taqdimot davomida TTA va RIUIAUMning tibbiyot sohasidagi yutuqlari va tadqiqot yo‘nalishlari keng yoritildi. Shuningdek, ikki tomonlama tajriba almashish ham muvaffaqiyatli tashkil etildi. Safarning yakunida Shuhrat G‘iyasov Dongguan shahridagi hamkorlar bilan birgalikda eksperimental ishlarni muvaffaqiyatli bajarib, o‘z malakasini oshirdi. Tadbir yakunida qatnashchilar malaka oshirish bo‘yicha maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.