2025-yil 4-oktabr kuni Toshkent shahrida IV O‘zbekiston urologlari Plenumi bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli ilmiy-amaliy anjuman mamlakatimizda urologiya sohasidagi eng muhim voqealardan biri bo‘lib, unda O‘zbekiston, Rossiya, Germaniya, Gruziya, Ukraina va boshqa mamlakatlardan yetakchi mutaxassislar ishtirok etadi.

Plenumning asosiy tashkilotchisi – Toshkent davlat tibbiyot universiteti Urologiya kafedrasi bo‘lib, tadbir Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Plenum mavzulari:

  • zamonaviy urologiyada infeksiya va antibiotiklar samaradorligi;

  • urologik kasalliklarda innovatsion yondashuvlar;

  • urologik onkologiya, robot va laparoskopik jarrohlik;

  • prostata bezi kasalliklarining yangi davolash usullari;

  • siydik-tosh kasalligi va endourologik amaliyotlar;

  • erkak bepushtligi va erektil disfunktsiyani davolash.

📌 Plenumning maqsadi – urologiya sohasidagi so‘nggi ilmiy yutuqlarni targ‘ib qilish, xalqaro tajriba almashish va amaliyotga ilg‘or usullarni joriy etishdan iborat.

Dasturni yuklab olish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.