Toshkent tibbiyot akademiyasi magistrlari, Dastur direktori Shukhrat Giyasov boshchiligida, Toshkent shahrida o‘tkazilgan Adnrologiya sohasidagi ilmiy anjumanda ishtirok etishdi. Tadbirda adnrologiya sohasidagi zamonaviy yutuqlar, innovatsion davolash usullari va ilmiy tadqiqotlar haqida so‘z yuritildi.
Magistrlar va kafedra professor-o‘qituvchilari yangi ilmiy tendensiyalarni o‘rganish, sohaning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir davomida, Shukhrat Giyasov ilmiy anjumanning ahamiyati va adnrologiya sohasining rivojlanishiga qo‘shgan hissalari haqida so‘zlab, bu kabi tadbirlar mutaxassislar va talabalar uchun ilmiy bilimlarini kengaytirish uchun ajoyib imkoniyat ekanini ta’kidladi.
Bunday anjumanlar, shubhasiz, Toshkent tibbiyot akademiyasining ilmiy va akademik salohiyatini yanada oshirishga, shuningdek, yosh mutaxassislarni zamonaviy tibbiyot sohalariga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Magistrlarimizga ilmiy faoliyatlarida yanada yuksak yutuqlarni tilab, bunday tadbirlarda ishtirok etishda davom etishlariga umid qilamiz!